Yana bir Yevropa vakili Xitoyga boryapti
Olam
−
12 aprel 2023
10299Joriy yilning 13-15 aprel kunlari Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Xitoyda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda bugun, 12 aprel kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin ma’lum qildi.
“Xitoy Davlat kengashi a’zosi, XXR Tashqi ishlar vaziri Sin Gangning taklifiga binoan Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok 13-15 aprel kunlari Xitoyda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi”, degan Van Venbin brifingda.
Rasmiyning aytishicha, Berbokning Xitoyga safari Xitoy-Germaniya orasidagi strategik diplomatiya va xavfsizlik bo‘yicha 6-muloqot arafasida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5-7 aprel kunlari Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Pekinga borib, XXR raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazgandi. Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Jozep Borrel ham aprel oyi o‘rtalarida Xitoyga borishi kutilmoqda.
LiveBarchasi