Yana bir o‘zbekistonlik jangchi GFL bilan shartnoma imzoladi
Sport
−
14 yanvar
1333Aralash yakkakurashlar bo‘yicha faoliyat olib borayotgan Amirxon Alixo‘jayev Amerikaning yangi tashkil etilgan “Global Fight League” promousheni bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Kokand Lion” taxallusi bilan nom qozongan Amirxon Alixo‘jayev faoliyatini GFL promoushenida davom ettiradigan ikkinchi o‘zbekistonlik jangchi bo‘ldi. Alixo‘jayev liga bilan 1 yil muddatga va 4 ta jangga shartnoma imzoladi.
Ma’lumot o‘rnida, hozirga qadar u bir qancha ligalar, xususan, “Octagon”, “Naiza”, “Muradov Professional League” kabi promoshunlarda oktagonga ko‘tarilgan. Alixo‘jayev professional faoliyatida 16 ta jang o‘tkazib, 11 g‘alaba va 5 mag‘lubiyat qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Humoyun To‘xtamurodov ham mazkur liga bilan shartnoma imzolagani xabar qilingandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar