Yana bir o‘zbekistonlik sportchi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Jamiyat

image

Qozog‘iston poytaxtida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi. O‘zbekistonlik kurashchi Hasanboy Rahimov -125 kilogramm vazn toifasida Tokio-2020 ga litsenziya qo‘lga kiritdi.

Moldovalik Aleksandr Romanovni 6:0 hisobida mag‘lub etgan Rahimov kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyati va eng asosiysi Tokio Olimpiadasining yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Rahimov bronza medali uchun xitoylik Jivei Denga qarshi gilamga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, bu terma jamoaning Tokio Olimpiadasiga qo‘lga kiritgan sakkizinchi yo‘llanmasidir. Kechki dasturda -86 va -97 kilogramm vazn toifalarida Javrail Shapiyev hamda Magomed Ibrohimov ham Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

kurash Olimpiada

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing