Yana bir o‘zbekistonlik sportchi Olimpiada litsenziati bo‘ldi

Sport

image

Xalqaro gimnastika federatsiyasi sport gimnastikasi bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan atletlar jadvalini yangiladi. Jadvaldan o‘zbekistonlik Habibullo Ergashev ham o‘rin oldi.

2023 yil Belgiyaning Antverpen shahrida o‘tgan Jahon chempionatining ko‘pkurash dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Habibullo Ergashev saralash musobaqalari yakunida fransiyalik atlet ham kvalifikatsiyadan o‘tgani bois, mezbonlar uchun ajratilgan kvota jahon chempionati orqali yo‘llanma ololmagan sportchilar orasida eng yaxshi natija ko‘rsatib turgan Habibullo Ergashevga nasib etdi.

Hozirga kelib, O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 Olimpiadasi uchun yo‘llanmalari soni 37 taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchi va sport gimnastikachi Olimpiada litsenziyasiga ega chiqqani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

gimnastika Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing