Yana bir o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 21 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim holati qayd etildi. Bu rasmiy e’lon qilingan 92-qurbon bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 64 yoshli M.M. (erkak) 25 iyun kunidan 14 iyul kuniga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida “O‘tkir strangulyatsion ingichka ichak tutilishi”  tashxisi bilan statsionar davolangan.

Bemorda 14 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va o‘ta og‘ir holatda Zangiota tumanidagi Ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklari shifoxonasiga o‘tkazilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, ingichka ichak rezeksiyasi va anastomozi operatsiyasidan so‘nggi holat tashxisi qo‘yilgan. Bemorda kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan. 

Shuningdek, unda o‘tkir strangulyatsion ichak tutilishi hamroh xastaligi bo‘lgan.
Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Bemor asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan u o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing