Yana bir o‘lim. SSV bunda ham aybni bemorning o‘ziga ag‘daryapti

Jamiyat

image

Koronavirusga chalingan toshkentlik bemor o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni 114 taga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan xabar qilishlaricha, Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 67 yoshli T.Z. (erkak)da joriy yil 4 iyul kunidan holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi, yurak tez urishi hamda ko‘krak sohasida og‘riq qo‘shilishiga qaramay uy sharoitida davolangan. 11 iyul kuni hansirash, nafas siqishi, oyoq-qo‘l sovushi paydo bo‘lgandan so‘ng Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga olib kelinib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. 

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yuqorida Sog‘liqni saqlash vazirligi “4 iyul kunidan holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi, yurak tez urishi hamda ko‘krak sohasida og‘riq qo‘shilishiga qaramay uy sharoitida davolangan”, deya alohida urg‘ulagan. Balki uning 11 iyulgacha uy sharoitida davolanishiga o‘z vaqtida tez yordamning yetib kelmagani, shifokorlar tibbiy yordam ko‘rsatmagani sababdir. Har holda SSV vafot etgan bemorlarni uy sharoitida davolangan deyishni do‘ndiradi. Hali hech bir o‘lim holati bo‘yicha “tez tibbiy yordam yetib kelmagani, vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmagani uchun” degan jumlalarni o‘qiganimiz yo‘q. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1057

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing