Yana bir top futbolchi Saudiya klubi a’zosiga aylandi

Sport

image

Fransiyalik taniqli futbolchi Ngolo Kante faoliyatini Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda futbol insayderi Nikola Skira o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Kante allaqachon “Al-Ittihod” bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Kante yangi jamoasida 4 yil davomida 100 million yevro ishlab oladi. Tomonlar o‘rtasidagi dastlabki muzokaralar 6 iyun kuni boshlangan. 

Kante joriy mavsum “Chelsi” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ngolo jarohat tufayli mavsumning ko‘p qismini o‘tkazib yubordi.      

Eslatib o‘tamiz, “Al-Ittihod” klubi 2022 yilgi “Oltin to‘p” sohibi Karim Benzema bilan ham shartnoma imzoladi. Jidda klubi 2022/23 yilgi mavsumda Saudiya Arabistoni chempioniga aylandi. Jamoani portugaliyalik taniqli murabbiy Nuno Eshpiritu Santu boshqaradi.


Maqola muallifi

Teglar

Ngolo Kante Al-Ittihod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing