Yana bir top futbolchi Ronalduning jamoadoshiga aylandi

Sport

image

“Manchester Siti” himoyachisi Emerik Lyaport faoliyatini Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida davom ettiradi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga rozilik bergan va hozirda “Al-Nasr” bilan 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan 3 yillik tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Lyaportning Riyod klubidagi maoshi 19 million yevro atrofida bo‘ladi, Ingliz klubi esa transfer orqali 20 million yevrodan ko‘proq daromad oladi.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli futbolchi 2018 yilning yanvar oyidan beri “Manchester Siti”da o‘ynab kelayotgan edi. O‘tgan 2022/2023 yilgi mavsumda Laport “shaharlilar” safida barcha turnirlarda 24 o‘yinda maydonga tushdi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2025 yil yozida yakunlanar edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov bilan shartnomasini yakunlaganini ma’lum qilgan edi. Masharipov hozirda erkin agent va uning yangi jamoasi nomi tez orada e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Emerik Lyaport Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing