Yana bir top futbolchi faoliyatini Saudiyada davom ettiradigan bo‘ldi

Sport

image

Yaqindagina Ispaniyaning “Sevilya” klubini tark etgan xorvatiyalik tajribali yarim himoyachi Ivan Rakitich Saudiya Arabistonining “Al-Shabab” klubi bilan rasman shartnoma imzoladi. Bu haqda Saudiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 35 yoshli xorvatiyalik futbolchi “Al-Shabab” bilan 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Tajribali yarim himoyachi Saudiya klubida 30-raqamda harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, bungacha xorvatiyalik futbolchi “Sevilya”dan tashqari “Barselona” va “Shalke-04” jamoalarida ham o‘ynagan. Joriy mavsumda Ivan Rakitich Ispaniya chempionatida “Sevilya” safida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sevil'ya Ivan Rakitich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made