Yana bir sug‘urta tashkiloti jarimaga tortildi
3-sahifa
−
17 Sentabr
2585“Omad sug‘urta” AJga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi va litsenziyasining amal qilishi to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, agentlik tomonidan “Omad sug‘urta” AJning moliyaviy hisobotlarini o‘rganilishi natijasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlarga rioya qilinmaganlik faktlari aniqlanib, 76,5 mln so‘m miqdorida jarima solingan.
“O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni 47-moddasi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonuni 32-moddasi, Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 41-bandi hamda tegishli qaroriga asosan “Omad sug‘urta” AJga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022 yil 22 iyuldagi 033072-sonli litsenziya 2024 yil 17 sentyabr sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, “Omad sug‘urta” AJ litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish taqiqlanadi.
Korxona ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shartligi ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq beshta sug‘urta tashkiloti jarimaga tortilgandi.
LiveBarchasi