Endi o‘zbekistonliklar Qirg‘izistonga ko‘chsa ham pensiya olishda davom etadi

Jamiyat

image

Endi O‘zbekiston fuqarolari Qirg‘izistonga ko‘chgan taqdirda ham pensiya olishda davom etadi. Bu haqda kecha, 30 iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lponota shahrida o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida imzolangan davlat ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi bitimda belgilandi.

Mazkur bitim ikki davlat hududida mehnat qilgan fuqarolarning pensiya huquqlarini himoya qilish va pensiya ta’minoti sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.

Bitimning asosiy qoidalari:

  • har bir davlat fuqaroning o‘z hududida orttirgan ish (sug‘urta) staji uchun pensiya tayinlaydi va to‘laydi;
  • pensiya miqdori har bir davlatning milliy qonunchiligi asosida, shu davlat hududida ishlagan staj, ish haqi yoki to‘langan sug‘urta badallaridan kelib chiqib hisoblanadi;
  • bir davlatda tayinlangan pensiyani pensioner boshqa tomon hududida ko‘chgan taqdirda ham olish imkoniyati ta’minlanadi;
  • ikki davlat fuqarolariga teng huquqlar beriladi, shuningdek dafn etish nafaqasi, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish va vakolatli organlar o‘rtasida axborot almashish tartiblari belgilanadi.

Bitimning o‘tish qoidalariga muvofiq, u kuchga kirgunga qadar orttirilgan ish staji milliy qonunchilik hamda 1992 yil 13 martdagi MDH bitimi asosida inobatga olinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qirg‘iziston ikki davlat fuqarolarini chegarani kesib o‘tganidan keyin 15 kun davomida majburiy ro‘yxatdan o‘tish talabidan ozod qilishga kelishib olgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing