O‘zbekiston orqali tranzit: Qirg‘iziston sug‘urta va “tonirovka” to‘lovlarini bekor qilishni so‘radi

Olam

image

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston hududi orqali harakatlanayotgan Qirg‘iziston fuqarolaridan avtomobil sug‘urtasi va oynalarni qoraytirish (“tonirovka”) uchun to‘lov undirish qoidalarini bekor qilish masalasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Almaz Imangaziyev Jogorku Kenesh yig‘ilishida ma’lum qildi.

Deputatlarning savollariga javoban u hozirda mazkur masala hal etish bosqichida ekanini bildirgan.

“Qirg‘izistonning bir hududidan boshqasiga o‘tish uchun, asosan mamlakat janubida, O‘zbekiston orqali tranzitda harakatlanganda muammo yuzaga keladi – haydovchilarimizdan sug‘urta sotib olish va agar avtomobil oynalari qoraytirilgan bo‘lsa, buning uchun to‘lov qilish talab etiladi. Biz tomondan bunday talab yo‘q. Balki qo‘shnilardan bu talabni bekor qilishni so‘rarmiz?” deydi deputat Doston Bekeshev.

Almaz Imangaziyevning so‘zlariga ko‘ra, bunday iltimos O‘zbekiston tomoniga allaqachon yetkazilgan va hozirda ular ichki tartib-taomillarni amalga oshirmoqda.

“Agar O‘zbekiston tomoni yaqin vaqt ichida ushbu tariflarni bekor qilmasa, Qirg‘iziston ham O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan xuddi shunday tariflarni qo‘llaydi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tadbirkorlar tomonidan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida boj masalasidagi muammo ko‘tarilgan edi. Xususan, Tojikiston o‘zbekistonlik eksportchilarga yuqori qiymatda boj qo‘llamoqda. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev elchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi uchrashuvda agar mazkur masalada qo‘shni davlat bilan kelishuvga erishilmasa, O‘zbekiston javob qaytarishini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston sug'urta tonirovka tranzit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing