Yana bir sudya qasamyodini buzgani uchun ishdan bo‘shatildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqori Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi Oybek Kenjayevich Toshpo‘latov lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

Sudyalar oliy kengashi Oybek Toshpo‘latov sudyalik qasamyodini buzganligi uchun shunday qaror qabul qildi.

Bundan tashqari, mas’uliyatsizligi va faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun:

•    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi  V. Sattorova;

•    Andijon viloyat ma’muriy sudining raisi M. Salimov;

•    Andijon viloyat sudining raisi T. Meliboyev;

•    fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqori Chirchiq tumanlararo sudining raisi S. Rahmatullayev;

•    fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining sudyasi B. Kutliyev intizomiy javobgarlikka tortildi.

Avvalroq qasamyodini buzganligi uchun Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudining raisi Jasur Ibodullayev lavozimidan ozod etilib, vakolati muddatidan ilgari tugatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud'ya

Baholaganlar

355

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing