Yana bir soha vakillarining oyligi oshadi
Jamiyat
−
13 fevral 2020
16896Sudlarning moddiy-texnik sharoitlarini yaxshilash va sudyalar faoliyatining ijtimoiy kafolatlari kuchaytiriladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida keltirib o‘tilgan.
Hujjatga asosan yangi tizim 2020 yil 1 mayga qadar amaliyotga joriy etiladi.
Loyihada:
• sudyalar va sud xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘liq Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish choralarini ko‘rish, buning uchun byudjetda alohida satrni ajratish;
• sudyalar va sud xodimlarining ish haqini oshirish, ularning mehnatiga haq to‘lash normalarini qayta ko‘rib chiqish va xalqaro standartlarga moslashtirish;
• yangi qurilishi rejalashtirilayotgan sud binolarini ilg‘or xalqaro tajriba asosida loyihalashtirish, sud binolarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha dasturni tasdiqlash;
• sudyalarni qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilgan xizmat uy-joyi olish huquqiga ega bo‘lgan rahbarlar ro‘yxatiga kiritish;
• sudlar faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas’ullar - Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud, Moliya vazirligi.
LiveBarchasi