Endi alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchilar ham QQS to‘laydi

Jamiyat

image

Etil spirti ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan bug‘doy me’yori qayta tasdiqlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’mol etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tartibini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirib o‘tilgan. 

Loyihada belgilanishicha, 2020 yil 1 martdan boshlab alkogol mahsulotlarini chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tadi.

Shuningdek, 2020 yil 1 dekabrdan boshlab noqonuniy olib kirilgan va (yoki) realizatsiya qilinayotgan etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini aniqlagan shaxslarni mazkur huquqbuzarlik (jinoyat) uchun qonunchilikda belgilangan jarimalar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi:

2020 yil 1 dekabrga qadar ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb etgan holda etil spirti ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan bug‘doy me’yorini qayta tasdiqlaydi. 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda:

2020 yil 1 aprelga qadar alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga, ular tomonidan esa chakana savdo korxonalariga alkogol mahsulotlarini elektron navbat orqali realizatsiya qilish portalining ishlab chiqilishi va ishga tushirilishini;

2020 yil 1 dekabrga qadar noqonuniy olib kirilgan va (yoki) realizatsiya qilinayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlagan shaxslarni moddiy rag‘batlantirishni nazarda tutgan holda jamoatchilik nazoratini ta’minlovchi maxsus dasturiy ilova ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi. 


Maqola muallifi

Teglar

QQS qarori loyihasi

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing