Yana bir soha tadbirkorlariga subsidiya ajratiladi
Jamiyat
−
22 yanvar 2022
10494O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini rag‘batlantirishchora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.
Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan korxonalarga loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratiladi;
• bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini hamda tarkibida sun’iy tola 80 foizdan yuqori bo‘lgan ip-kalava ishlab chiqarish uskunalarini xarid qiluvchi korxonalarga boshlang‘ich 15 foiz to‘lovni to‘lash uchun xorijiy valyutada 7 yil muddatgacha 3 yillik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi;
• bo‘yalgan mato, bo‘yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarga xorijiy valyutada 1 yil muddatgacha 9 oygacha imtiyozli davr bilan 3 million AQSH dollarigacha eksportoldi moliyalashtirish uchun kredit ajratiladi;
• bo‘yalgan mato, bo‘yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini, shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarning kamida 80 foizini eksport qilgan korxonalarga:
• ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lash;
• mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda 3 yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘lovini kechiktirish huquqi beriladi. Bunda, soliqni kechiktirish muddati tugaganidan so‘ng soliq qarzi va hisoblangan foizlar kechiktirish muddatiga teng muddat mobaynida bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi.
• 2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha quyidagi manbalardan kelib tushadigan mablag‘lar Jamg‘armaga yo‘naltiriladi:
- paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 25 foizi va trikotaj mato eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 100 foizi;
- paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 70 foizi.
Farmonga ko‘ra, eksport qiluvchilarning eksportoldi moliyalashtirish uchun olingan kreditlari bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya va kafillik berish muddatlari 2024 yil 1 yanvargacha uzaytirildi hamda ushbu tartib barcha eksportchi korxonalarga tatbiq etiladi.
2022 yil 1 iyulgacha paxta tolasini majburiy avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi ishga tushiriladi.
LiveBarchasi