Yangi tizimda ish boshlamagan klasterlarning maqomi bekor qilinadi

Jamiyat

image
Fermerlarga paxtaning har bir tonnasi uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi north_east

Fermerlarga paxtaning har bir tonnasi uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

Agar klasterlar yangi tizim asosida tolani qayta ishlashni boshlamasa, keyingi yildan klaster maqomi bekor qilinadi va paxta hosili uchun imtiyozli kredit berilmaydi. Bu haqda bugun, 13 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan to‘qimachilik sohasida eksport imkoniyatlari va zaxiralarni ishga solish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, hozir 15 ta klasterda tolani qayta ishlash quvvati yo‘q, yana 12 tasining quvvati yetarli emas. Ular xomashyosi yetarli bo‘lmagan ip-yigiruv korxonalari bilan samarali kooperatsiya tizimini yo‘lga qo‘yishi kerakligi ta’kidlandi.

Bildirilishicha, unday klasterlarga qo‘shimcha investitsiya qilib, tolani qayta ishlash bo‘yicha yangi loyiha qilish talabi qo‘yilmaydi va jozibador moliyaviy mexanizmlar taqdim etiladi. Lekin klaster bu tizim asosida tolani qayta ishlashni boshlamasa, keyingi yildan klaster maqomi bekor qilinadi va paxta hosili uchun imtiyozli kredit berilmaydi.

Shuningdek, barcha to‘qimachilik korxonalarini elektr ta’minoti o‘ylantirayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan korxonalarga o‘z ehtiyoji uchun o‘rnatilgan quyosh panellarini tarmoqqa ulashga ruxsat beriladi va bu maqsadlar uchun 200 million dollar kredit resurslari yo‘naltiriladi va stavkaning 10 foizgacha qismi qoplab beriladi.

“Mana, to‘qimachilik korxonalari uchun bir qator imtiyozlar berayapmiz. Lekin, qars ikki qo‘ldan chiqadi”, dedi Prezident.

Bundan tashqari, o‘z xodimlarining farzandlari uchun bog‘cha tashkil qilgan to‘qimachilik sohasi korxonalariga xususiy bog‘chalardagi kabi har bir tarbiyalanuvchi bo‘yicha subsidiya ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev to'qimachilik paxta klaster

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing