Yana bir Prezident koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlandi
Olam
−
02 aprel 2021
3357Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer AstraZeneca kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati tomonidan xabar berilgan.
Qayd etilishicha, Prezident Bundesver shifoxonasida vaksina bilan emlangan.
"Men Germaniyada tasdiqlangan vaksinalarga ishonaman. Bugun men birinchi AstraZeneca vaksinasini qabul qildim. Vaksinatsiya pandemiyani tugatish yo‘lidagi hal qiluvchi qadamdir", degan 65 yoshli Shtaynmayer.
Shu bilan birga, u fuqarolarni imkoniyatdan foydalanishga va emlanishga chaqirgan.
Ma’lumot o‘rnida, Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In, Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili ham koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlangandi.
LiveBarchasi