Yana bir Prezident koronavirus yuqtirib oldi
Olam
−
25 yanvar 2021 6157 1 daqiqa
Meksika Prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador koronavirusga chalindi. Bu haqda uning Twitter'dagi sahifasiga asoslanib xabar berilgan.
"Alomatlar yengil, shunga qaramay men allaqachon muolajalarni boshlaganman. Men har doimgidek optimistman", deyilgan Meksika Prezidenti xabarida.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, o‘tkaziladigan konferensiyalarda uning o‘rnini mamlakat Ichki ishlar vaziri Olga Sanches Kordero egallab turadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Meksikada koronavirusga chalinganlar 1,75 mlndan oshgan. 1,31 mln kishi kasallikni yenggan, 149 mingdan ko‘p bemor vafot etgan.
Avvalroq, Portugaliya Prezidenti Marselu Rebelu di Soza, Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan, Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya ham koronavirus bilan kasallangan edi.
Live
Barchasi