Yana bir mamlakatda to‘y o‘tkazish taqiqlanishi kutilmoqda

Olam

image

Qirg‘izistonda viloyatlararo transport harakati vaqtincha to‘xtatilishi va to‘ylar o‘tkazish taqiqlanishi kutilmoqda. Bu haqda Prezident Sooronboy Jeenbekov raisligida o‘tgan Xavfsizlik kengashining navbatdagi majlisida so‘z borgan. 

Qirg‘izistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat kun sayin xavfli tus olib bormoqda. Mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi inqiroz holatiga kelib qolgan, davlat rahbari bu borada o‘z vaqtida chora ko‘rmagani uchun mutasaddilarni tanqid qildi. 

“Qattiq karantin rejimini joriy qilishni taklif qilayotganlar ham bor. Vaziyatga qarab, Respublika shtabi o‘z takliflarini kiritishi kerak. Hozirgi vaziyatda biz hududlar o‘rtasidagi transport aloqalarini to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qilamiz”, deydi Prezident. 

6 iyul holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar 7691 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 2843 nafari sog‘aygan, 92 nafari vafot etgan.

Prezidentning ta’kidlashicha, mamlakatda favqulodda holat rejimi bekor qilingandan keyin kasallanish ko‘rsatkichi yuqorilagan. 

Shuningdek, u avvalroq tantanali tadbirlarni taqiqlash to‘g‘risida taklif kiritganini eslatib o‘tdi va respublika shtabini bu borada o‘z nuqtai nazarini aniq belgilashga chaqirdi.

“Men Jogorku Kenesh yig‘ilishida ommaviy tantanali tadbirlarni rasman taqiqlash iltimosi bilan murojaat qilgan edim. O‘ylaymanki, bu masala borasida alohida rasmiy qaror qilinishi to‘g‘ri bo‘ladi”, dedi Qirg‘iziston rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston to'y Sooronboy Jeenbekov

Baholaganlar

197

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing