Yana bir mamlakat Rossiyani terrorizm homiysi deb tan oldi

Olam

image

Slovakiya hukumati Rossiya Federatsiyasini terrorizmning homiysi sifatida tan oldi. Mamlakat (parlamenti) Milliy kengashi Rossiya Federatsiyasining urushini yana qoralab, Ukraina mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. 

“Aktuality” nashrining yozishicha, kecha, 16 fevral kuni deputatlar rezolyutsiyani qabul qilgan. Unda Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi, fuqarolik ob’ektlari va energetika infratuzilmasiga qilingan hujumlar qoralangan. Hujjatda aytilishicha, Rossiya rejimi terrorchi, Rossiya Federatsiyasi esa terrorizmning homiysi hisoblanadi. 

Bundan tashqari, siyosatchilar Moskvaning yadro qurolidan foydalanish tahdidini qoraladi. Shuningdek, Slovakiya Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlarida o‘tkazilgan Rossiya referendumlarini tan olishdan bosh tortdi va bu hududlar Ukraina tarkibiga kirganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, qabul qilingan rezolyutsiya Ukrainadagi Rossiya jinoyatlarini tergov qilish uchun maxsus tribunal tashkil etishni qo‘llab-quvvatlaydi. Hujjatda Rossiyaning Slovakiyaga qarshi gibrid urushi qoralanadi. 

Rezolyutsiyani 78 deputat, OĽaNO fraksiyasining ko‘pchiligi va butun SaS fraksiyasi qo‘llab-quvvatladi. Shu bilan birga, 12 deputat qarshi chiqdi, 7 nafari ovoz bermadi, 23 nafari esa betaraf qoldi. 

Rossiya terrorizm homiysi 

2022 yil aprelida Prezident Vladimir Zelenskiy Oq uyda nutq so‘zlab, Rossiyani “terrorizmning davlat homiysi” deb tan olishga chaqirdi. Shu bilan birga, AQSH rasmiylarining fikricha, bu maqomning Rossiyaga berilishi Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal etish va gumanitar muammolarni yechishga zarar yetkazishi mumkin. 

Shu fonda Yevropaning bir qator davlatlari, jumladan, Estoniya, Polsha va Niderlandiya o‘z parlamentlari darajasida Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan oldi. Xuddi shunday qaror Yevropa parlamenti tomonidan ham qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing