Yana bir mamlakat fuqarolariga Rossiyani tark etishni tavsiya qildi

Olam

image

Italiyaning Moskvadagi elchixonasi mamlakatda bo‘lishi zaruratga bog‘liq bo‘lmagan vatandoshlarga Rossiyani tark etishni tavsiya qildi. Tegishli bayonot bugun, 29 sentyabr kuni elchixona veb-saytida e’lon qilindi. 

“Xalqaro maydondagi so‘nggi voqealar hamda Rossiya bilan havo va avtomobil aloqalaridagi qiyinchiliklar ortib borayotgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasidagi vatandoshlarga qolishlari zarurligi haqida o‘ylashlari va agar [bu zarurat bo‘lmasa], mamlakatni tark etishlari tavsiya etiladi”, deyiladi matnda. 

Avvalroq Bolgariya va Polsha, shuningdek, AQSHning Moskvadagi elchixonasi o‘z fuqarolariga Rossiya Federatsiyasi hududini zudlik bilan tark etish va mamlakatga sayohat qilishdan bosh tortish imkoniyatlari haqida o‘ylashni tavsiya qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

553

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing