Yana bir qurbon. 53 yoshli erkak vafot etdi
Jamiyat
−
27 iyul 2020
9243Toshkentda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi. 53 yoshli bemor mamlakatda koronavirusdan vafot etgan 119-qurbon bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashagan 53 yoshli B.T. (erkak)da joriy yil 11 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.
Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, u yurak ishemik kasalligi, stenokardiya hamda gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
LiveBarchasi