Yana bir davlatda koronavirusning yangi shtammi aniqlandi
Olam
−
29 mart 2021 7731 1 daqiqa
Chexiyada koronavirusning yangi turi aniqlandi. Bu haqda Chexiya televideniyesi xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, yangi shtamm Brno shahridagi koronavirus infeksiyasini tekshiradigan Elisabeth Pharmacon laboratoriyasi xodimlari tomonidan aniqlangan.
Shifokorlarning fikriga ko‘ra, ilgari qayd qilinmagan mutatsiya koronavirusning Britaniya yoki Janubiy Afrikadagi shtammlariga qaraganda xavfli.
"Ushbu mutatsiya bo‘yicha tadqiqotlar davom etmoqda", degan mutaxassislar.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Chexiyada koronavirus bilan bog‘liq 1 515 029 ta holat aniqlangan. Shuningdek, 1 315 571 nafar bemor sog‘aygan va 25 874 kishi vafot etgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28