Yana bir davlat USAID xodimlarini mamlakatdan quvdi
Olam
−
09 mart
11321Zimbabve hukumati fevral oyida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining USAID demokratiya, inson huquqlari va boshqaruvni baholashni nazorat qiluvchi guruhi xodimlarini haydab chiqardi. Bu haqda kecha, 8 mart kuni AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Mettyu Miller ma’lum qildi.
“O‘tgan oy Zimbabve hukumati kutilmaganda mamlakatda rivojlanish va boshqaruvni baholash bo‘yicha USAID xodimlari va pudratchilarni hibsga olib, ularni deportatsiya qildi”, degan Miller.
Uning so‘zlariga ko‘ra, missiya xodimlari g‘ayriinsoniy muomala, so‘roq va tahdidlarga duch kelgan. Miller bunday harakatlarni asossiz va qo‘pol deb atagan. Uning ta’kidlashicha, ilgari Zimbabve rasmiylarining ritorikasi xalqaro hamkorlikni boshlash va demokratik islohotlarni amalga oshirish istagi haqidagi bayonotlarga asoslangan edi. Bugun esa ular aksini bajarmoqda.
"Biz AQSH fuqarolarining xavfsizligiga jiddiy qaraymiz va Zimbabve hukumatidan mas’uliyatli xatti-harakatlarni talab qilamiz. Zimbabve xalqi barcha yaxshi narsalarga loyiqdir va biz mas’uliyatli siyosiy rahbarlar va hukumat institutlariga ega bo‘lgan yanada inklyuziv, demokratik jamiyat qurish yo‘lida harakat qilishda ularni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz", degan AQSHning yuqori martabali diplomati.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning noyabr oyida Ozarbayjon Prezidenti yordamchisi Himat Hojiyev mamlakatda ortiq USAID uchun joy yo‘qligini aytgan edi.
LiveBarchasi