Yana bir davlat Tokio Olimpiadasida qatnashishdan bosh tortdi

Sport

image

Gvineya sport vaziri Sanussi Bantama Sou mamlakat olimpiya terma jamoasi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

Souning ta’kidlashicha, COVID-19 infeksiyasi tufayli Gvineya sportchilarining sog‘lig‘idan xavotirda bo‘lgan hukumat jamoani Tokio Olimpiadasida ishtirok etmasligini ma’qul ko‘rgan. Shu bilan birga, mamlakat hukumatiga yaqin bo‘lgan “AFP news” manbasi bu qaror Yaponiyaga sayohat xarajatlarini qoplash uchun mablag‘ yetishmasligi bilan ham bog‘liq, deb hisoblagan.

Tokio Olimpiadasida Gvineya nomidan beshta sportchi bahslarda qatnashishi kerak bo‘lgan: Ular — Fatumata Yari Kamara (erkin kurash), Mamadu Samba Ba (dzyudo), Fatumata Lamarana Ture, Mamadu Tairu Ba (ikkalasi ham suzish) va Aissata Din Konte (100 metrga yugurish).

Oldinroq KXDR terma jamoasi o‘yinlarda ishtirok etishdan bosh tortgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Olimpiya o'yinlari Koronavirus COVID-19 Gvineya Tokio-2021

Baholaganlar

518

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing