Yana bir davlat Rossiyadagi saylov natijalarini tan olmasligini e’lon qildi

Olam

image

Yaponiya Tokio Ukrainaniki deb hisoblagan hududlarda Rossiya prezidenti saylovi natijalarini tan olmaydi. Bu haqda Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayasi ma’lum qildi. 

“Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan saylovlarga izoh berishdan tiyilmoqchiman”, deydi u.

Uning qayd etishicha, rasmiy Tokio ayrim hududlarning Rossiya tarkibiga qo‘shilishini Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzish deb baholaydi. U hududlar nomiga aniqlik kiritmagan. 

Xayasining so‘zlariga ko‘ra, “xuddi shu sababga ko‘ra” Yaponiya bu hududlarda ovoz berishni tan olmaydi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu pozitsiya fevral oyida G7 yetakchilarining qo‘shma bayonotida bildirilgan. 

Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi, shuningdek, Tokioning Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha pozitsiyasini takrorlab, Tokioning Kiyevga yordam ko‘rsatishni davom ettirish va Moskvaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolish niyatini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, Rossiyada prezidentlik saylovlari 15-17 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Ular birinchi marta uch kun davomida o‘tkazilmoqda va masofaviy elektron ovoz berish tizimidan foydalanilmoqda, bu esa mamlakat hududlarining qariyb uchdan birida mavjud. Davlat rahbari lavozimiga to‘rt nafar nomzod: Vladimir Putin, Vladislav Davankov, Leonid Slutskiy va Nikolay Xaritonov da’vogarlik qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, AQSH Davlat departamenti ham Rossiyada o‘tayotgan saylovga munosabat bildirib, bosib olingan Ukraina hududlarida o‘tkazilayotgan saylov natijalarini tan olmasligini qayd etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya prezidenti saylovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing