Tezkor: Putin yana prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining amaldagi Prezidenti Vladimir Putin 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga rozi bo‘ldi. Bu haqda jurnalistlarga Vatan Qahramonlari kuni munosabati bilan bugun, 8 dekabr kuni Kremlda o‘tkazilgan tantanali marosimdan so‘ng davlat rahbarining o‘zi ma’lum qildi. 

Tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi parlamenti spikeri Artem Joga Putinga tegishli savol bilan murojaat qilgan va Rossiya Prezidenti saylovda qatnashishga roziligini bildirgan. 

Putinning davlat rahbari sifatidagi amaldagi vakolatlari 2024 yil 7 mayda tugaydi. Rossiyada navbatdagi prezidentlik saylovlari 17 martga belgilangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rossiya prezidenti saylovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing