Putin yana prezidentlikka nomzodini qo‘yadimi?

Olam

image

Vladimir Putin 2024 yilgi saylovlarda prezidentlikka nomzodini ko‘rsatish bo‘yicha hali hech qanday qaror qabul qilgani yo‘q. Bu haqda Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.

U “Kommersant” gazetasining Rossiya Prezidenti ma’muriyati go‘yoki Putin nomzodini saylovga ko‘rsatish bo‘yicha bo‘lajak tashabbus guruhi tarkibini muhokama qilayotgani haqidagi maqolasiga shunday izoh berdi:

“Bu mavzuga siyosatshunos va mutaxassislarning e’tibori tobora ortib borayotgani aniq. Hozircha bu borada biror qaror qabul qilingani yo‘q. E’lon qilish vaqti yaqinlashayotgani aniq. Ammo hozircha qarorlar yo‘q. Ular mavjud bo‘lganda, biz sizga xabar beramiz”.

Peskov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 15 noyabr kuni mamlakat saylov organlari vakillari bilan uchrashadi.

Uning aniqlik kiritishicha, uchrashuv Rossiya Federatsiyasining zamonaviy saylov tizimining 30 yilligiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, Rossiya Federatsiyasining amaldagi saylov qonunchiligiga muvofiq sakkizinchi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti saylovi 2024 yil 17 martda o‘tkazilishi kerak. Saylov sanasi bo‘yicha yakuniy qaror Rossiya parlamentining yuqori palatasi tomonidan kamida yuz (2023 yil 8 dekabr) va to‘qson kundan kechiktirmay (2023 yil 18 dekabr) ovoz berish kuniga qadar qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rossiya prezidenti saylovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing