Yana bir davlat xizmati ishga tushdi

Jamiyat

image

Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga ko‘ra, malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va uni bekor qilish bo‘yicha davlat xizmatlari DXM va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali ko‘rsatiladi.

Malaka sertifikati talabgorlarga 5 yil amal qilish muddati bilan beriladi. Malaka sertifikatining amal qilish muddati tugagan shaxslar 30 kundan kechiktirmasdan majburiy attestatsiyadan o‘tishi lozim.

Quyidagi shaxslar qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malakasi sertifikatini olish uchun attestatsiyadan o‘tishlari shart:

•  qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining ijro organi rahbarlari, markaziy depozitariy va uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlari, fond birjalarning ijro organi va uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlari va valyuta birjalarining fond bo‘limi rahbarlari;

•  qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi va (yoki) qimmatli qog‘ozlar bozorida ishlarni bajaruvchi qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining, markaziy depozitariyning qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi bo‘limlarining, fond birjasining va valyuta birjalari fond bo‘limlarining mutaxassislari.

Talabgorlarning tegishli malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi so‘rovnomasini ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHMning 1 baravari (300 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

YAIDXP orqali murojaat etilganda, mazkur miqdor 270 ming so‘mni tashkil etadi. 

Reglament talablari qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilarida, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi, fond birjalari va valyuta birjalarining fond bo‘limlarida ishlashga talabgor bo‘lgan yoki ishlayotgan hamda oliy ma’lumotga ega jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

davlat xizmati qimmatli qog'ozlar

Baholaganlar

164

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing