Yana bir bank jarimaga tortildi

3-sahifa

image

“Orient Finans” XATB Termiz filiali reklama qonunchiligi buzilishi tufayli jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Bildirilishicha, qo‘mitaga “Orient Finans” tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarining qonuniyligi yuzasidan murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida, bank filiali tomonidan Termiz shahri Hakim At-Termiziy ko‘chasidagi bank ofisi oldida o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarining o‘rnatish huquqini beruvchi hujjatlari (pasport, guvohnoma, ruxsatnoma va huquqni belgilovchi boshqa hujjatlar) mavjud emasligi hamda reklama axborotini tarqatish bo‘yicha mahalliy hokimliklar bilan belgilangan tartibda shartnomalar imzolanmasdan kelinganligi aniqlangan.

“Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni 24 va 25 moddalari hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari yuzasidan “Orient Finans” XATB Termiz filialiga nisbatan belgilangan tartibda  ish qo‘zg‘atilib, natijasi bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llanildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq noto‘g‘ri reklamaga yo‘l qo‘yilishi ortidan “Ipotekabank” va “AVO bank” AJ ham jarimaga tortilgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

bank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing