Yana bir arab davlatida ilk koronavirus holati qayd etildi

Olam

image

Iordaniyada koronavirusga chalinishning ilk holati qayd etildi. Bu haqida “Al Jazeera”  telekanali xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, koronavirus Iordaniyaga Italiyadan kelgan shaxsda aniqlangan. Bundan oldin, kanal ta’kidlaganidek, u bir necha kun karantinda bo‘lgan. “Al Jazeera”ning ma’lum qilishicha, Iordaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus faol tarqalayotgan mamlakatlardan kelganlarga 14 kun davomida karantin joriy qilgan.

Fevral oyida Iordaniya hukumati koronavirus tarqalgan Xitoy, Janubiy Koreya va Eron fuqarolarini mamlakatga kirishlarini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan edi.

Avvalroq, Koronavirus Yevropaning yana ikkita davlati – Andorra va Portugaliyaga kirib borgani haqida xabar berilgan edi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 89 835 nafarga yetdi. Ushbu kasallikdan 3061 kishi vafot etdi. 45 172 bemor shifo topgan.

Koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlar: Xitoy (80026 bemor – 2912 nafar vafot etgan), Janubiy Koreya (4335 – 26), Italiya (1696 – 34), Eron (1501 – 66), Yaponiya (256 – 6).


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Iordaniya

Baholaganlar

211

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing