Yana bir Afrika davlatida koronavirusning yangi turi aniqlandi

Olam

image

Nigeriyada koronavirusning yangi turi aniqlandi. Bu haqda Afrika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi direktori Jon Nkengasong ma’lum qilgan. 

"Gap yaqinda Buyuk Britaniyada aniqlangan variantga o‘xshamaydigan maxsus mutant virusi haqida ketmoqda", degan u. 

Direktorning so‘zlariga ko‘ra, virus 18 dekabr kuni Janubiy Afrikada aniqlangan shtammga o‘xshash bo‘lishi mumkin. 

"Qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish kerak", degan Nkengasong. 

Ma’lumot o‘rnida, 3 avgust va 9 oktyabr kunlari Nigeriyaning Osun shtatida olingan namunalarda yangi shtamm aniqlangan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u Janubiy Afrikada aniqlangan 501.V2 mutant virusi kabi tajovuzkor emas. 501.V2 mutant virusi Janubiy Afrikada pandemiyaning ikkinchi kuchli to‘lqinini keltirib chiqargan.

Avvalroq, koronavirusning yangi turi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagani haqida xabar bergan edik. 

Shundan so‘ng Buyuk Britaniya Hukumati yangi cheklovlar o‘rnatilishini e’lon qildi. Ko‘rilayotgan choralar fonida London aholisi shahar tashqarisiga chiqib ketishga harakat qilib, temir yo‘l stansiyalarida to‘plangan. Shuningdek, bir qancha davlatlar yangi turdagi koronavirus qo‘rquvi sabab Buyuk Britaniya bilan aviareyslarni to‘xtatgan. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Nigeriya

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing