Yana 93 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
24 iyun 2020
12817Bugun, 24 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 93 nafarga oshib, 6755 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 51 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 37 nafari Toshkent shahrida (shundan 35 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 5 nafari Toshkent viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, yana 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 4560 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2176 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 18 nafari og‘ir, 4 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi