Yana 34 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 9 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 34 nafarga oshib, 4482 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Karantin markazidagi (shundan 24 nafari xorijdan kelgan, 10 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan) fuqarolar orasida qayd etilgan.

Ayni paytda mamlakatda 3444 (+87) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Hozirda mamlakatning to‘qqiz xududidagi tibbiyot muassasalarida jami 1020 nafar koronavirusga chalingan bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ularning 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

233

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing