Yana 3 ta hududda jami 37 nafar bemor sog‘ayib chiqdi

Jamiyat

image

Qozog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va Navoiy viloyatida jami 37 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 13 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar, Toshkentda 21 nafar va Navoiyda 14 nafar, jami 37 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi", deyiladi xabarda.

Shu tariqa Qoraqalpog‘istonda jami kasallik qayd etilganlar soni 138 nafar bo‘lib, endilikda shundan 136 nafari tuzaldi. Ayni paytda bu hududda davolanayotganlar soni 2 nafarni tashkil etib, koronavirusdan xoli bo‘lishga yaqin turibdi.

Toshkent shahri va viloyatida jami kasallik aniqlanganlar soni 2713 nafar bo‘lib, endilikda shundan 1875 nafari sog‘aydi. Ayni paytda poytaxtdagi davolash muassasalarida 827 nafar infeksiyaga chalingan bemor davolanmoqda.

Navoiyda esa shu paytgacha 260 holatda kasallik qayd etilgan. Bugun viloyatda shifo topganlarning soni 181 nafarga yetdi. Shu kunlarda navoiylik shifokorlar 79 nafar bemor hayoti uchun uchun kurashmoqda.

Ma’lumot uchun, hozirgi soatgacha mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 3874 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

171

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing