Yana 243 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 19 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 243 nafarga oshib, 16429 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlari:

45 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida;

77 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;

36 nafari Andijon viloyatida;

22 nafari Namangan viloyatida;

18 nafari Toshkent viloyatida;

17 nafari Buxoro viloyatida;

15 nafari Sirdaryo viloyatida;

9 nafari Samarqand viloyatida;

3 nafari Surxondaryo viloyatida;

1 nafari Jizzax viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 9127 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 7218 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 72 nafari og‘ir, 21 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

548

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing