Yana 23 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
30 may 2020
139912020 yil 30 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23 nafarga ko‘payib, 3546 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Samarqand viloyatida aholi orasidan aniqlangan. Shuningdek, 19 nafari Karantin markazidan, jumladan, Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishidagi charter reysi orqali kelgan 14 nafar, 26 may kuni Moskva – Toshkent yo‘nalishidagi charter reysi orqali 2 nafar, 26 may kuni Qozog‘iston va xuddi shu kuni Rossiya – Qozog‘iston orqali mamlakatga hududiga kirib kelgan yana 3 nafar fuqaroda qayd etildi.
Ayni paytda mamlakatda 2783 (+55) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi.
Hozirda mamlakatda davolanayotgan 749 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi