Yana 2 nafar o‘zbekistonlik dzyudochi “Katta dubulg‘a” turnirida sovrindor bo‘ldi
Sport
−
02 mart
4649Bugun, 2 mart kuni Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri bahslari davom ettirildi. Kun dasturida o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazgan o‘zbekistonlik dzyudochilardan 3 nafari bronza medalini qo‘lga kiritdi.
-73 kg vaznda Shahram Ahadov 3-o‘rin uchun kechgan bahsda neytral atlet maqomida kurashgan Mahmadbek Mahmadbekovdan ustun kelib, beshinchi marotaba “Katta dubulg‘a” tasnifidagi musobaqaning medalini rasmiylashtirdi.
-73 kg vazn toifasida kurashgan yana bir o‘zbekistonlik sportchi Obidxon No‘monov ham bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Qozog‘istonlik Daniyar Shamshayev bellashuvda taqiqlangan usulni qo‘llagani uchun No‘monov bronza medali bilan taqdirlandi. Shu tariqa, No‘monov va Ahadov o‘z hisoblariga jahon va Parij-2024 reytingi uchun 500 ochkoni qo‘shib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, 1 mart kungi dasturda ikki O‘zbekiston vakili medallarni qo‘lga kiritgani xabar qilingandi.
Erkaklar o‘rtasida -60 kg vazn toifasida Doston Ro‘ziyev, ayollar o‘rtasida -52 kg vaznda Gulhayo Jo‘rayeva jamoa hisobida dastlabki medallarni qo‘shib qo‘ydi.
LiveBarchasi