Yana 11 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalingan yana 11 nafar bemor aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Bugun, 23 may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3089 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari Dubay-Toshkent yo‘nalishidagi charter reysda kelgan, yana 1 nafari Qozog‘iston orqali mamlakatga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida qayd etildi. Kasallik qolgan 9 holatda, jumladan, 2 holatda poytaxtda, 7 holatda esa Samarqandda aholi orasidan aniqlandi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

Hozirda 551 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 2525 nafari sog‘aygan va 13 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

160

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing