Tezkor: yana 160 ming oilaga 300 milliarddan ortiq yordam puli ajratildi
Jamiyat
−
11 avgust 2020
8875O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan "Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Hujjat bilan mutasaddi idoralar tomonidan shakllantirilgan moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan va a’zolari 1,7 million nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilalarga O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.
Ma’lumki, joylardagi 4ta sektor rahbarlari tomonidan “temir daftar”ga kiritilgan moddiy yordam va ko‘makka muhtoj 400 mingdan ko‘proq oilaning bandligini ta’minlash orqali daromad manbaini yaratish choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida sektor rahbarlarining tavsiyasi va ushbu oilalarning yozma roziligi bilan 160 ming atrofidagi oilalar “temir daftar”dan chiqarilgan va ularning o‘rniga yana shuncha ehtiyojmand va moddiy ko‘makka muhtoj oilalar kiritilgan.
Farmon qabul qilinishi bilan sektor rahbarlari tomonidan bir martalik moddiy yordam pullarini ehtiyojmand oilalarga yetkazish bo‘yicha nomma-nom ro‘yxat shakllantirildi.
Joriy yil 10 avgustidan boshlab joylarda sektor rahbarlari tomonidan to‘lovlarni yetkazish ishlari boshlandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr