BP Prezident ajratgan pullarning aholiga tarqatilishidagi muammolarga munosabat bildirdi
Jamiyat
−
01 avgust 2020
14898Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan yordamga muhtoj aholiga tarqatish uchun ajratilgan pullarning aholiga yetib borishida muammolar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura bu masala yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unda farmon ijrosini to‘laqonli ta’minlash maqsadida maxsus shtab tuzilgani ma’lum qilindi. Maxsus shtab bajariladigan aniq tadbirlarni belgilab, hududiy prokurorlarga alohida topshiriqlar yuborgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, prokuratura organlari tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan belgilangan pul mablag‘larining to‘liq va o‘z muddatida manzilli yetkazilishi alohida nazoratga olindi, qonunbuzilishi holatlari aniqlangan taqdirda qat’iy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
Agarda bunday holatlar kuzatilgan taqdirda fuqarolardan tegishli hudud prokuraturasiga murojaat qilish so‘raladi.
Murojaat uchun telefonlar:
Andijon viloyati prokuraturasi – 74 227-1007
Buxoro viloyati prokuraturasi – 65 221-1007
Jizzax viloyati prokuraturasi –72 226-1007
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi – 75 228-1007
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi – 61 222-1007
Navoiy viloyati prokuraturasi – 79 210-1007
Namangan viloyati prokuraturasi – 69 227-1007
Samarqand viloyati prokuraturasi – 66 231-1007
Sirdaryo viloyati prokuraturasi – 67 235-1007
Surxondaryo viloyati prokuraturasi – 76 223-1007
Toshkent shahar prokuraturasi – 71 202-1007
Toshkent viloyati prokuraturasi – 71 230-1007
Farg‘ona viloyati prokuraturasi – 73 244-1007
Xorazm viloyati prokuraturasi –62 226-1007
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan 400 mingdan ortiq oilaning 1,7 mln nafar a’zosiga 380 mlrd so‘m pul taqratish belgilangandi.
LiveBarchasi