Yamanga tashlangan har bir bomba AQSH uchun 1 million dollarga tushadi – Tramp 

Olam

image

Yamanga har bir zarba millionlab dollarga tushadi. Bu haqda Amerikaning sobiq prezidenti Donald Tramp kecha, 17 fevral kuni Michigandagi tarafdorlari oldida qilgan chiqishida so‘z ochdi.

“Biz Yamanni bombalamoqdamiz. Har bir bomba bir million dollar turadi. Lekin eng muhimi, siz ko‘p odamlarni o‘ldiryapsiz”, deydi u.

Shuningdek, u saylovlardagi asosiy raqibi, Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Baydenni fashistlar nazorat qiladi, deb hisoblashini ta’kidladi.

“Jo Bayden va uni boshqarayotgan fashistlar demokratiya uchun tahdiddir”, deydi Tramp.

Tramp janubiy chegaradagi vaziyat va noqonuniy muhojirlarning ko‘pligi tufayli AQSH uchinchi dunyo davlatiga aylanganini qayd etdi. 

Ta’kidlash joizki, Tramp avvalroq Qo‘shma Shtatlar “kulgiga” aylangani va jahon sahnasida hurmati qolmaganini aytgandi.

AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. 2023 yil 25 aprelda demokrat Bayden oliy hukumat lavozimiga qayta saylanish uchun kurashayotganini e’lon qildi. Tramp 2022 yil noyabr oyida saylovoldi poygasiga kirishini e’lon qilgan. U respublikachilardan eng ehtimoliy nomzod.

Ma’lumot uchun, G‘azo sektoridagi mojaro avj olganidan so‘ng, husiylar Isroil hududiga hujumlar uyushtirishi va unga aloqador kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi suvlari orqali o‘tishiga ruxsat bermasligi haqida ogohlantirdi. O‘tgan yilning noyabr oyi o‘rtalaridan boshlab harakat jangarilari Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida o‘nlab Isroilga aloqador kemalarni nishonga olgan.

Bunga javoban AQSH rasmiylari xalqaro koalitsiya tuzib, Qizil dengizda navigatsiya erkinligini ta’minlash va kemalarni himoya qilish maqsadida "Prosperity Guardian" operatsiyasini boshladi. 12 yanvar kuni Britaniya va AQSH Kurolli kuchlari samolyotlar, kemalar va suvosti kemalaridan foydalangan holda Yaman shaharlariga birinchi zarbalarini berdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaman Jo Bayden husiylar Donal'd Trapm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing