Yamandagi portlash sababi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Avvalroq, Yamanning muvaqqat poytaxti Aden shahrida yangi Hukumat a’zolari Saudiya Arabistonidan qaytgani vaqti aeroportda portlash yuz bergani xabar qilingandi.

Ma’lum bo‘lishicha, portlashga “Ansar Alloh” (xusiylar) harakati tomonidn uchirilgan raketa sabab bo‘lgan. Raketa “Ansar Alloh” nazoratidagi Taiz viloyatidan uchirilgan.

“Yaman aeroportidagi portlashga xusitlar nazoratidagi mamlakat janubi-g‘arbidan uchirilgan raketa sabab bo‘ldi”, degan manba.

“Sky News Arabia” telekanali portlashdan oldin aeroport osmonida dronlar ovozi eshitilganini xabar qildi.

Yaman Axborot, madaniyat va turizm vaziri Muammar al-Iryani ham portlashda xusitlarni ayblagan.

Ma’lumot uchun, hujum natijasida 5 kishi halok bo‘lgan. 20 ga yaqin odam jarohatlangan.

Aden 2014 yil “Ansar Alloh” (xusiylar) harakati qo‘zg‘olonidan so‘ng Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan Hukumatining vaqtinchalik poytaxtiga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Yaman

Baholaganlar

564

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing