Yaman Bosh vaziri Moskvaga boradi

Olam

image

Yaman hukumati rahbari Ahmad Avad bin Muborak bugun, 26 fevral kuni Moskvaga boradi va u yerda bir necha uchrashuvlar o‘tkazadi. Bu haqda Yamanning Moskvadagi elchixonasiga tayanib, TASS xabar berdi.

"Bosh vazir bugun kechqurun kelishi kutilmoqda. U Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin, Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashishi kutilmoqda", deya ta’kidladi diplomatik missiya.

Ma’lumot uchun, bin Muborak shu yilning 5 fevralida Bosh vazir etib tayinlangan. Bungacha u Yamanning AQSHdagi elchisi va BMTdagi doimiy vakili ham bo‘lgan. 2014 yil oktyabr oyida bin Muborak yangi o‘tish davri hukumati rahbari etib tayinlangan edi, biroq husiylarning qarshiliklaridan so‘ng u bu lavozimni qabul qilishdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘tgan oy oxirida Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari bo‘yicha maxsus vakili, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov Muhammad Abdulsalom boshchiligidagi Yamandagi husiylar harakati delegatsiyasi bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva Yaman Ahmad Avad bin Muborak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing