Yamal Chempionlar Ligasida Mbappening rekordini yangiladi
Sport
−
15:50 504 1 daqiqa
Kecha, 9 dekabr kuni UEFA Chempionlar Ligasi doirasida “Barselona” Germaniyaning “Ayntraxt” klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda 18 yoshlik Lamin Yamal Chempionlar Ligasidagi sermahsullik bo‘yicha eng yosh futbolchi bo‘lib, Kilian Mbappening 2017 yilda o‘rnatgan rekordini yangiladi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.
O‘yinda Yamal Jyul Kundening ikkinchi goliga assistlik qilib, Chempionlar Ligasidagi gol va assistlar sonini 14 taga yetkazdi (7 gol va 7 golli uzatma). Shu tariqa, u Kilian Mbappening oldingi rekordi (13 ta gol: 10 gol va 3 golli uzatma)ni ortda qoldirdi. UEFA texnik jamoasi Yamalning yutug‘ining o‘ziga xosligini alohida ta’kidlab, uning eng yuqori darajadagi o‘yindagi barqarorligini e’tirof etgan.
Shu uchrashuvdan so‘ng “Barselona” 6-turdan keyin ochkolarini 10 taga yetkazib, turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi turda kataloniyaliklar “Praga”ga qarshi maydonga tushadi.
Elatib o‘tamiz, avvalroq Lamin Yamal La Ligada noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Live
Barchasi