Yakkasaroyda ikki Captiva to‘qnashdi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida ikki Captiva rusumli avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Natijada ulardan biri ag‘darilib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 27 may kuni soat 12:45 larda, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Nukus — Kichik Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasida 1987 yilda tug‘ilgan S.S. (erkak) boshqaruvidagi Captiva rusumli va Nukus ko‘chasidan Kichik Beshyog‘och ko‘chasiga burilayotgan haydovchi 1982 yilda tug‘ilgan M.A. (erkak) boshqaruvida bo‘lgan Captiva rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, haydovchi M.A. boshqaruvidagi Captiva rusumli transport vositasi ag‘darilgan. YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Toshkent shahrida “VAZ-2107” rusumli transport vositasi yonib ketgani haqida xabar bergan edik.

 

Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

261

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing