Yakkabog‘dagi mudhish qotillik yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Avval xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida er-xotin janjali oqibatida erkak qaynonasi, homilador xotini va ikki nafar farzandini chavaqlab tashlagan edi.

Qashqadaryo viloyati prokuraturasining ma’lum qilishicha, joriy yilning 9 dekabr kuni soat 23:45 larda viloyatning Qamashi tumani, “Qiziltepa” MFY, Bunyodkor ko‘chasida yashovchi A.Xazratqulov Yakkabog‘ tumani, “Eski Yakkabog‘” MFY, Otchopar ko‘chasida yashovchi N.Shernayeva, M.Muxammadiyeva, R.Sherbekova hamda A.Sherbekovni qasddan o‘ldirgan. 

Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani prokuraturasi tomonidan joriy yil 10 dekabrda A.Xazratqulovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “a,b,v,j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishi bo‘yicha A.Xazratqulov 10 dekabr kuni gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, shu kuni O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

“Sodir etilgan jinoyat ishi bo‘yicha viloyat prokurori Erkaboy Tojiyev aholi vakillari bilan uchrashib, marhumlarning oila a’zolariga hamdardalik bildirib, ta’ziya izhor etdi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, mazkur jinoyatni sodir etilishiga va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan Yakkabog‘ tumani IIB mas’ul xodimlariga hamda Yakkabog‘ tumani “Eski Yakkabog‘” MFY va Qamashi tumanidagi “Qiziltepa” MFY mas’ullariga nisbatan idoraviy xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Yakkabog'

Baholaganlar

946

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing