Yakkabog‘da maktab o‘quvchilariga polda dars o‘tilgani aytilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida maktab o‘quvchilari parta va stullarsiz xonada polda o‘tirgancha dars o‘tgani haqida xabarlar tarqaldi.

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, prokuratura tomonidan mazkur video yozuvda qayd etilgan holatlar tegishli soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzilib, o‘rganilmoqda.

Qayd etilishicha, ishchi guruh  tomonidan video yozuvdagi maktab xonasida o‘quvchilar polda o‘tirgan holda dars mashg‘ulotida qatnashayotgani aks etgan lavhaning haqqoniyligi ham o‘rganilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

274

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing