Yakka tartibdagi tadbirkorlik guvohnomasiga o‘zgartirish kiritiladi

Jamiyat

image

Endilikda yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma unda yakka tartibdagi tadbirkorning fotosurati aks ettirilgan holda beriladi. Bu haqda “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida so‘z boradi.

Qarorga muvofiq, joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda yuridik shaxslar – tadbirkorlik sub’ektlarini davlat tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazish katta miqdorlarda soliq qarzdorligi mavjud bo‘lmagan taqdirda xabar berish tartibini qo‘llagan holda bekor qilinadi.

Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish ularni davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda (qayta ro‘yxatga olinayotganda) tadbirkorlik faoliyatini olib borish joyi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Qarorda keltirilishicha, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi, ishtirokchilari soni kamida 3 nafar bo‘lgan oilaviy korxonalar aylanmadan soliqni belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilgan stavkada to‘lashadi.


Maqola muallifi

Teglar

tadbirkorlik

Baholaganlar

309

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing